Skip to Content

  Mebel-City kompanyasining qoidalari va jarimalari! 

Mebel City korxonasining Nizomi

                                                                      

                                                                                


1 - qoida

50 000 so‘m jarima (-5 ball)

Har bir xodim orgstrukturada belgilangan rahbarga bo‘ysinadi. Rahbar tomonidan berilgan topshiriq o‘z vaqtida bajarilishi shart. Aks holda jarima belgilanadi. 

2 - qoida

50 000 so'm jarima (-5 ball)

Korxona rahbariyati korxona xodimlari bilan va xodimlar ham o‘zaro muloqot qilishganda, odob-ahloq qoidalaridan chiqmagan holda madaniyat bilan muomalada bo‘lishlari shart. Laqab qo‘yish, haqorat qilish, ustidan kulish, so‘kinib gapirish mumkin emas.

3 - qoida 

50 000 so'm jarima​ (-7 ball)

Xodimlar mijozlar bilan muomalada (telefonda, telegramda yoki yuzma-yuz) tortishish, mijoz fikrini hurmat qilmaslik, mijozning ustidan kulish va laqab qo‘yish qat’iyan taqiqlanadi. Aks holda jarima belgilanadi.

4 - qoida

30 000 so'm jarima (-5 ball)

Har bir xodim bo‘lim boshlig‘i tomonidan belgilangan ish vaqtidan kechikmay ishga kelishlari shart. Kech qolganlik uchun jarima belgilanadi. Tasdiqlangan ish vaqti va dam olish kuni grafik har bir bo‘lim xodimlariga tanishtiriladi. Favqulodda hodisalarda, kompaniya hasharlarida bizning “jamoaviylik” qadriyatimizga muvofiq dam olish kunida ishga chiqarilishi mumkin. Va boshqa kuni dam beriladi.

5 - qoida

50 000 so'm jarima (-20 ball)

Xodimlarning mijozlar oldida o‘zaro tortishuvi, bir-biriga haqoratomuz so‘zlarni ishlatishi, bir-birining sha’nini yerga urishi yoki o‘zaro keraksiz gaplarni so‘zlashishlari mumkin emas. Aks holda jarima yoziladi.

6 - qoida

Ishdan haydaladi  (-100 ball)

Ishxonaga mast holda kelish va yotoqxonada spirtli ichimliklar iste’mol qilish qat’iyan taqiqlanadi.

7 - qoida

Ishdan haydaladi  (-100 ball)

Xodimlar korxonada o‘g‘irlik sodir etishi yoki o‘zboshimchalik bilan moliyaviy harakat, ya’ni biror narsani sotish, begonaga foydalanishga berish, ijaraga topshirishi qat’iyan taqiqlanadi.

8 - qoida

100 000 so'm jarima (-25 ball)

Korxonada ishqiy uchrashuv, telefonda ishqiy suhbat va ishqiy janjallar taqiqlanadi. Aks holda jarima qo‘llaniladi.

1-marta qattiq ogohlantirish beriladi, 2-martasida ishdan haydaladi.

9 - qoida

20 000 so'm jarima  (-5 ball)

Ish vaqtida ishchi va xodimlar telefon o‘yinlarini o‘ynashi hamda telefonda uzoq vaqt suhbatlashishlari taqiqlanadi. Aks holda jarima qo‘llaniladi

10 - qoida

50 000 so'm jarima (-5 ball)

Har bir xodim javob so‘rashi uchun bir kun avval o‘z bo‘lim boshlig‘idan javob so‘rashi va ishxona guruhiga videomurojaat qilishi shart. Aks holda ishga sabab­siz kelmagan hisoblanib, jarima solinadi.

11 - qoida

Shartnomada ko'rsatilgan jarima (-50 ball)

Xodim ishdan ketishidan 1 oy oldin o‘z bo‘lim boshlig‘ini xabardor qilishi va o‘z o‘rniga shogird tayyorlashi shart. Aks holda jarima qo‘llaniladi.

12 - qoida

50 000 so'm jarima (-2 ball)

Xodimlar bo‘lim boshliqlari tomonidan ishlab chiqilgan dam olish kunlari, bayram kunlari grafikiga amal qilishlari shart. Aks holda jarima belgilanadi.

14 - qoida

50 000 so'm jarima  (-3 ball)

Ofisda, ish joyida ovqatlanish mumkin emas. Bu mijozlar oldida noqulayliklar tug‘diradi. Aks holda jarima belgilanadi.

13 - qoida

Sababsiz qatnashmasa – 50 000 so‘m, kechiksa – 20 000 so‘m  (Sababsiz qatnashmasa -5 ball , Kechikib kelsa -2 ball)

Korxonada barcha xodimlar shanbalikka, yig‘ilishlarga qatnashishlari shart. Agar xodim shanbalikka yoki belgilangan yig‘ilishlarga kechikib kelsa yoki sabab­siz ishtirok etmasa jarima belgilanadi. (Sababli holatlar to‘y, oilaviy tadbirlar, janoza)

15 - qoida

50 000 so'm jarima (- 2 ball)

Korxonaga tegishli kompyuterlarda korxona faoliyatiga tegishli bo‘lmagan ma’lumotlar, turli kinofilmlar, noqonuniy ma’lumotlar, behayo suratlar, etnik, diniy adovatni targ‘ib etuvchi materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish qat’iyan taqiqlanadi. Aks holda jarima belgilanadi.

16 - qoida

20 000 so'm jarima (-5 ball)

Korxonaning Telegram guruhiga begona shaxslarni qo‘shish, ishga oid bo‘lmagan video, rasm va ma’lumotlarni yuklash taqiqlanadi.

18 - qoida

50 000 so'm jarima (-10  ball)

Xodim mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayoniga mas’uliyat bilan yondoshishi, mijozning buyurtmasini xatosiz va o‘z muddatida bajarib berishi shart. Aks holda mas’uliyatsizlik uchun jarima belgilanadi.

17 - qoida

50 000 so'm jarima (-5  ball)

Ofisdan yoki ish joyidan oxirgi chiqayotgan xodim har bir xonani nazoratdan o‘tkazishi shart. Texnik vositalarning o‘chirilganligi, yong‘in xavfsizligiga amal qilinganligini ko‘zdan kechirishi talab qilinadi. Aks holda jarima xodimga va bo‘lim boshlig‘iga yoziladi.


19 - qoida

Vijdon (-5 ball)

19.Korxonaga yangi ishga kelgan xodimni korxonaga moslashishi uchun belgilangan ustoz javobgar. Barcha xodimlar yangi xodim bilan do‘stona munosabatda bo‘lishi shart.


20 - qoida

100 000 so'm jarima (-20 ball)

Har bir xodim korxona sirlarini saqlashga majbur. Korxona ichidagi nizolarni korxonadan tashqarida (mijozlar, oila, qarindosh, do‘stlar va hokazo) muhokama etilishi taqiqlanadi.


22-qoida 

50 000 so`m jarima ( - 5 ball)

Har bir xodim korxonaning orgstrukturasiga amal qilishi shart . Xodim topshiriqni faqat o`zining  bevosita rahabridan oladi va hisobot topshiradi. Yuqori rahbar ham boshqa bo'lim yoki xodimga to'g'ridan to'g'ri topshiriq bermaydi ( faqat uning bevosita rahbari orqali beradi ) 

21 - qoida

50 000 so'm jarima (-10 ball)

Korxonada barcha xodimlar o‘zlariga biriktirilgan stanok, orgtexnika va asbob-uskunalarni asrashi va avaylashi shart. E’tiborsizlik bilan ishdan chiqarsa javobgar hisoblanadi.