Skip to Content

Bazis konstruktorlar uchun skriptlar

1. Mijoz 1-chi marta chizdirmoqchi (jarayonni tushuntirish)

Mijoz: Men birinchi marta mebel chizdirmoqchiman, bu jarayon qanday kechadi?

Bazis konstruktor: Juda yaxshi, sizga qisqacha tushuntiraman 😊 Biz avvalo o‘lcham va xonangizning rasmlarini olamiz. Shundan so‘ng siz xohlagan dizayn yo‘nalishini tanlaysiz. Keyin biz 3D formatda real ko‘rinishdagi loyihani chizamiz — siz natijani tasdiqlaganingizdan keyin ishlab chiqarish bosqichiga o‘tiladi.

Yakun: Istasangiz, bugunoq sizning loyihangiz uchun dastlabki eskizni tayyorlab bera olamiz — boshlaymizmi?

2. Mijoz chizish narxini so‘raydi

Mijoz: Chizish narxi qancha bo‘ladi?

Bazis konstruktor: Narx loyiha murakkabligi va xonaning o‘lchamiga qarab belgilanadi. Odatda o‘rtacha loyiha uchun 300–700 ming so‘m atrofida chiqadi. Lekin sizning loyihangizni ko‘rib aniq summani ayta olaman — chizma faqat dizayn emas, ishlab chiqarishga tayyor texnik hujjat bo‘ladi.

Yakun: Xohlasangiz, o‘lchamni yozib, dizaynni yuboring, sizga taxminiy hisoblab beraman.

3. Mijoz tayyor loyihasini olib kelgan (faqat o‘zgartirish kerak)

Mijoz: Menda allaqachon chizma bor, faqat biroz o‘zgartirish kerak.

Bazis konstruktor: Juda yaxshi, mavjud faylni yuborsangiz, o‘zgartirishlar hajmini ko‘rib chiqamiz. Ko‘p hollarda bunday holatda faqat texnik to‘g‘rilash yoki rang/formatni almashtirish kerak bo‘ladi — narx esa to‘liq chizishga qaraganda arzonroq chiqadi.

Yakun: Faylni yuboring, ko‘rib chiqay va sizga keyin aniqlab aytaman.

4. Mijoz faqat maslahat olish uchun yozgan

Mijoz: Hozircha faqat maslahat olmoqchiman.

Bazis konstruktor: Albatta sizga yordam beraman 😊. Qaysi turdagi mebel haqida bilmoqchisiz — oshxona, yotoqxona yoki ofis mebeli? Maslahatim, dizaynni chizdiring, shu orqali siz o‘lcham, joylashuv va rang uyg‘unligini oldindan ko‘rib chiqasiz. Bu keyingi xarajatlarni 20–30% gacha kamaytiradi.

Yakun: Istasangiz, bepul 3D tayyor chizmalarimizdan tashlab beray, shunda siz natijani ko‘rib qaror qilasiz.

5. Mijoz dizayn va ishlab chiqarish mosligini so‘raydi

Mijoz: Siz chizgan dizaynni darrov kestirib mebel yasash mumkinmi?

Bazis konstruktor: Ha, albatta. Biz barcha chizmalarni arra kesishiga mos formatda tayyorlaymiz. Shuning uchun sizning dizayningizni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sexda ishlatish mumkin.

Yakun: Xohlasangiz,sizga misol uchun bir tayyor loyiha ko‘rsatay — qanday real mebelga aylanganini ko‘rasiz.

6. Mijoz narxni qimmat deb hisoblaydi

Mijoz: Narx biroz qimmat ekan.

Bazis konstruktor: Tushunaman 😊 Lekin bu narxga faqat chizma emasda, bu bilan aniq o‘lchov, texnik yechim, material tavsiyasi va 3D vizuallar kiradi. Bu orqali siz sexdan hech qanday xatoga yo‘l qo‘ymasdan mebelingizni chiqarib olasiz.

Yakun: Xohlaysizmi, o'zimni nomimdan chegirma qildirib beraman?

7. Mijoz keyinroq chizdiraman deydi

Mijoz: Hozir emas, keyinroq chizdiraman.

Bazis konstruktor: Tushundim 😊 Sizga hozircha bepul dizayn namunalari yuboray — sizga yoqqan uslubni tanlab qo‘yasiz. Shunda tayyor bo‘lganingizda biz tezroq ishni boshlay olamiz.

Yakun: Rasm va dizayn variantlarini yuboraymi? Shu orqali sizga eng mos variantni tanlab qo‘yamiz.

8. Mijoz chizishni tasdiqlaydi (buyurtma bosqichi)

Mijoz: Ha, chizishni boshlaymiz.

Bazis konstruktor: Juda ajoyib! Unda sizdan o‘lchovlar va xonangiz rasmi kerak bo‘ladi. Chizish jarayoni 5-6 soat ichida tugaydi. Tayyor bo‘lgach, sizga 3D ko‘rinishini yuboramiz va faqat siz tasdiqlaganingizdan keyin yakuniy faylni topshiramiz.

Yakun: Loyihani bugunoq boshlaymizmi? Shunda siz kun oxirigacha tayyor 3D dizaynni ko‘rasiz.