Mebel-City kompanyasining qoidalari va jarimalari!

1 - qoida
50 000 so‘m jarima
Har bir xodim orgstrukturada belgilangan rahbarga bo‘ysinadi. Rahbar tomonidan berilgan topshiriq o‘z vaqtida bajarilishi shart. Aks holda jarima belgilanadi.

2 - qoida
50 000 so'm jarima
Korxona rahbariyati korxona xodimlari bilan va xodimlar ham o‘zaro muloqot qilishganda, odob-ahloq qoidalaridan chiqmagan holda madaniyat bilan muomalada bo‘lishlari shart. Laqab qo‘yish, haqorat qilish, ustidan kulish, so‘kinib gapirish mumkin emas.

3 - qoida
50 000 so'm jarima
Xodimlar mijozlar bilan muomalada (telefonda, telegramda yoki yuzma-yuz) tortishish, mijoz fikrini hurmat qilmaslik, mijozning ustidan kulish va laqab qo‘yish qat’iyan taqiqlanadi. Aks holda jarima belgilanadi.
4 - qoida
30 000 so'm jarima
Har bir xodim bo‘lim boshlig‘i tomonidan belgilangan ish vaqtidan kechikmay ishga kelishlari shart. Kech qolganlik uchun jarima belgilanadi. Tasdiqlangan ish vaqti va dam olish kuni grafik har bir bo‘lim xodimlariga tanishtiriladi. Favqulodda hodisalarda, kompaniya hasharlarida bizning “jamoaviylik” qadriyatimizga muvofiq dam olish kunida ishga chiqarilishi mumkin. Va boshqa kuni dam beriladi.

5 - qoida
50 000 so'm jarima
Xodimlarning mijozlar oldida o‘zaro tortishuvi, bir-biriga haqoratomuz so‘zlarni ishlatishi, bir-birining sha’nini yerga urishi yoki o‘zaro keraksiz gaplarni so‘zlashishlari mumkin emas. Aks holda jarima yoziladi.
6 - qoida
Ishdan haydaladi
Ishxonaga mast holda kelish va yotoqxonada spirtli ichimliklar iste’mol qilish qat’iyan taqiqlanadi.

7 - qoida
Ishdan haydaladi
Xodimlar korxonada o‘g‘irlik sodir etishi yoki o‘zboshimchalik bilan moliyaviy harakat, ya’ni biror narsani sotish, begonaga foydalanishga berish, ijaraga topshirishi qat’iyan taqiqlanadi.

8 - qoida
100 000 so'm jarima
Korxonada ishqiy uchrashuv, telefonda ishqiy suhbat va ishqiy janjallar taqiqlanadi. Aks holda jarima qo‘llaniladi.
1-marta qattiq ogohlantirish beriladi, 2-martasida ishdan haydaladi.

9 - qoida
20 000 so'm jarima
Ish vaqtida ishchi va xodimlar telefon o‘yinlarini o‘ynashi hamda telefonda uzoq vaqt suhbatlashishlari taqiqlanadi. Aks holda jarima qo‘llaniladi

10 - qoida
50 000 so'm jarima
Har bir xodim javob so‘rashi uchun bir kun avval o‘z bo‘lim boshlig‘idan javob so‘rashi va ishxona guruhiga videomurojaat qilishi shart. Aks holda ishga sababsiz kelmagan hisoblanib, jarima solinadi.

11 - qoida
Shartnomada ko'rsatilgan jarima
Xodim ishdan ketishidan 1 oy oldin o‘z bo‘lim boshlig‘ini xabardor qilishi va o‘z o‘rniga shogird tayyorlashi shart. Aks holda jarima qo‘llaniladi.

12 - qoida
50 000 so'm jarima
Xodimlar bo‘lim boshliqlari tomonidan ishlab chiqilgan dam olish kunlari, bayram kunlari grafikiga amal qilishlari shart. Aks holda jarima belgilanadi.

14 - qoida
50 000 so'm jarima
Ofisda, ish joyida ovqatlanish mumkin emas. Bu mijozlar oldida noqulayliklar tug‘diradi. Aks holda jarima belgilanadi.

13 - qoida
Sababsiz qatnashmasa – 50 000 so‘m, kechiksa – 20 000 so‘m
Korxonada barcha xodimlar shanbalikka, yig‘ilishlarga qatnashishlari shart. Agar xodim shanbalikka yoki belgilangan yig‘ilishlarga kechikib kelsa yoki sababsiz ishtirok etmasa jarima belgilanadi. (Sababli holatlar to‘y, oilaviy tadbirlar, janoza)

15 - qoida
50 000 so'm jarima
Korxonaga tegishli kompyuterlarda korxona faoliyatiga tegishli bo‘lmagan ma’lumotlar, turli kinofilmlar, noqonuniy ma’lumotlar, behayo suratlar, etnik, diniy adovatni targ‘ib etuvchi materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish qat’iyan taqiqlanadi. Aks holda jarima belgilanadi.

16 - qoida
20 000 so'm jarima
Korxonaning Telegram guruhiga begona shaxslarni qo‘shish, ishga oid bo‘lmagan video, rasm va ma’lumotlarni yuklash taqiqlanadi.

18 - qoida
50 000 so'm jarima
Xodim mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayoniga mas’uliyat bilan yondoshishi, mijozning buyurtmasini xatosiz va o‘z muddatida bajarib berishi shart. Aks holda mas’uliyatsizlik uchun jarima belgilanadi.

17 - qoida
50 000 so'm jarima
Ofisdan yoki ish joyidan oxirgi chiqayotgan xodim har bir xonani nazoratdan o‘tkazishi shart. Texnik vositalarning o‘chirilganligi, yong‘in xavfsizligiga amal qilinganligini ko‘zdan kechirishi talab qilinadi. Aks holda jarima xodimga va bo‘lim boshlig‘iga yoziladi.

19 - qoida
Vijdon
19.Korxonaga yangi ishga kelgan xodimni korxonaga moslashishi uchun belgilangan ustoz javobgar. Barcha xodimlar yangi xodim bilan do‘stona munosabatda bo‘lishi shart.

20 - qoida
100 000 so'm jarima
Har bir xodim korxona sirlarini saqlashga majbur. Korxona ichidagi nizolarni korxonadan tashqarida (mijozlar, oila, qarindosh, do‘stlar va hokazo) muhokama etilishi taqiqlanadi.

21 - qoida
50 000 so'm jarima
Korxonada barcha xodimlar o‘zlariga biriktirilgan stanok, orgtexnika va asbob-uskunalarni asrashi va avaylashi shart. E’tiborsizlik bilan ishdan chiqarsa javobgar hisoblanadi.

22 - qoida
Mavhum qoidasi
Kompaniya inspektori tomonidan xodimlar jarimaga tortilsa, lekin xodim bu holatni jarimaga loyiq emas deb bilsa, bunday holatda inspektorga e’tiroz qilish qat’iyan mumkin emas. Agar jarimaga tortilgan xodim o‘zini bu holatda aybsiz deb bilsa, jarimalarni ro‘yxatga olish jurnaliga imzo qo‘yish o‘rniga “mavhum yoki noaniq” deb yozishi mumkin, bu holatga inspektor e’tiroz qilishi va “jarimaga tushding” deb qattiq turib olishi mumkin emas. Bu noaniqlikni, Kompaniya direktori yoki mas’ul xodim oy yakunida uzil-kesil hal qilib beradi. Bu holatda, xodim va inspektor har ikkala ham haq bo‘lishi mumkin, eng asosiysi tortishuv bilan muammo chiqarish mumkin emas. Shunday holat kuzatilsa xodimga yoki inspektorga
300 000 (uch yuz ming) so‘m jarima beriladi.

23 - qoida
Vijdon qoidasi
Kompaniyaga qadriyati kuchli va vijdonli xodimlargina ishga olinadi. Agar kishida vijdon va qadriyat bo‘lmas ekan, hech qanday qoida va nizomlar foyda bermaydi. Bunday Kompaniyada rivojlanish ham bo‘lmaydi. Kompaniyada nizomlar va tizim bo‘yicha tushunmovchilik bo‘lishi mumkin. Ba’zida xatolar ham kuzatilishi mumkin, ba’zida Kompaniya inspektori tomonidan va ba’zida rahbarlar tomonidan xatoga yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Shunday paytda vijdonli xodim nizom bo‘yicha haq bo‘lib chiqishi uchun ham tortishuvli holatni yuzaga keltirmasligi kerak. Ba’zida inson o‘zining ichida o‘z aybini biladi va boshqalar bilmaganligi yoki bilsa ham isbotlab bera olmaganligi uchun o'zini oqlaydi hamda vaziyatdan chiqishga harakat qiladi. Mana shu holat vijdonsizlik hisoblanadi.