Ustalardan qo'ng'iroq bo'ganda
Usta bizdan proekti qaysi jarayondaligini so'raganida
Xodim: Assalomu aleykum Mebel City eshitadi. Qanday yordam bera olaman.
Mijoz: Yaxshimisiz, ___ sanada sizlarga proekt qildirgandim (bazisdan), tayyor bo'lib qoldimi?
Xodim: Xurmatli mijoz ismingiz va ___ sanadagi proektiz nomini aytolasizmi? '
Mijoz: Proekt nomi aniq esimda yo'q lekin ___ laminantlari bor edi.
Xodim: Sizni tushundim, ___ sanadagi proektizni hozir ko'zrib beraman.
Xurmatli mijoz __ nomli proektizda kromkalash jarayonida.
Mijoz: Ha, qachon tugatiladi? qachon olib ketsam bo'ladi?
Xodim: Proektiz tugatilishiga oz vaqt qolibdi, jarayon tugashi bilan sizga darxol o'zim bog'lanaman, bemalol kelib olib ketsangiz bo'ladi.
Mijoz: Yaxshi, kutaman.
Xodim: Sog' bo'ling
Bazis, kroyda muammo yuzaga kelgan bo'lganda
Mijoz: Boya qildirgan proektimda Bazis / kroyda xatolik bor ekan. etibor bermabman ___ joyini qayta to'g'irlash kerak.
Xodim: Sizni tushundim, xatolik uchun uzur so'raymiz, proektizni qaysi hodimimiz tayyorlab berganini aytsangiz sizni u bilan bog'lab beraman, xatolikni tezda tuzatib beradi.
Mijoz: yaxshi.
Bazis, kroyga o'zgartirish kiritish kerak bo'lganida
Mijoz: Boya qildirgan proektimda Bazis / kroyni o'zgartirish kerak edi, razmer qo'shmoqchiman/ olib tashlamoqchiman/ plitani o'zgartirmoqchiman.
Xodim: Tushunarli, proektizni qaysi hodimimiz qilganini aytsangiz, sizni unga bog'layman. Sizni ogohlantirishim kerak, avvalgi proektizdan narx boshqacharoq bo'lishi mumkin.
Mijoz: Aha yaxshi
Ustalar bizdan biron plita, kromka, yoki mahsulot bor yo'qligini bilish uchun qo'ng'iroq qilganida
Mijoz: Assalomu aleykum, sizda ___ LDSP bormi, proektim bor edi.
Xodim: Sizni tushundm hozir ko'rib beraman.
Xurmatli mijoz siz aytgan plitadan bizni omborda yo'q ekan, toshkent omborini izlab ko'raman.
Agar toshkent skladida bo'lsa
Xodim: Bu plitadan toshkent omborlarida bor ekan buyurtma bilan olib kelsak bo'ladi.
Mijoz: Yaxshi qanchada keladi hozir buyurtma qilsak?
Xodim: Ertaga yukka borishadi va olib kellishadi.
Mijoz: Yaxshi shu plitadan menga 2 ta kerak bo'ladi.
Xodim: Yaxshi siz uchun 2 ta shu plitadan buyurtmaga kiritib qo'yaman.
Agar toshkent skladida yo'q bo'lsa
Xodim: Bu plitadan toshkent omborlarida yo'q ekan o'rniga boshqa turlaridan tanlay olasizmi?
Mijoz: Buni mijozim bilan gaplashib ko'rishim kerak bo'ladida.
Xodim: Juda yaxshi siz o'z mijozingiz bilan kelishib olib yana aloqaga chiqishingiz mumkin.
Mijoz: Yaxshi.
Ustalar bizdan Furnitura bo'limiga tegishli mahsulotlardan buyurtma bermoqchi bo'lganida
Mijoz: Assalomu aleykum menga shkaflar tagiga o'rnatiladigan g'ildiraklardan kerak edi, sizlardan topsam bo'ladimi?
Xodim: Bizda Mebellar uchun turli aksesuarlar bor sizni Furnitura bo'limiga bog'layman, albatta sizga bu bo'yicha kerakli yordam berishadi.