Tanishtiruvchi skript (birinchi qo‘ng‘iroq)
Operator: Assalomu alaykum! Mebel citydan telefon qilyapman. Siz bizning Instagram sahifamizga qiziqish bildirib raqam qoldiribsiz, Ismingiz _________ shundeymi?
Mijoz: Ha, to‘g‘ri.
Operator: Yaxshi! _____ aka/opa Sizga aynan qanday mebel turi kerak edi – masalan, oshxona garnituri, yotoqxona yoki shkaf?
Mijoz: Hozircha shunchaki narxlarni bilmoqchiman.
Operator: Tushundim 😊 Bizning mahsulotlar o‘lcham va materialga qarab har xil bo‘ladi. O‘rtacha oshxona garnituri narxi 5 mln-20 mln atrofida chiqadi.
Ustalaringiz bormi mebelingizni yasash uchun?
Mijoz: Yo'qda, sizlarda bormi?
Operator: Bizning kompaniya buyurtma asosida mebellarni yasash xizmatlarini ko'rsatadi, bazis konstruksiya orqali mebelning dizayni va o'lchamlarini 3d ko'rinishini yaratish, kroy jarayonida arra tiliga o'girish va sehda esa arralash, kromkalar, prisadkalash, roverlash kabi xizmatlarni bajaradi. Tayyor proektizni pullik yetkazib berish xizmatimiz bor olib ketib o'zingiz ham yig'ib olishingiz mumkin, agar usta topishga qiynalsangiz bu borada ham yordam bera olamiz, barcha mijozlari ishini bizning kompaniya xizmatlari yordamida tayyorlab kelayotgan ishonchli usta mijozlarimiz bor, istasangiz ulardan biriga raqamingizni beraman aloqaga chiqib mebelingiz bilan shug'ullanishadi.
Mijoz: yaxshi maqul, qachon telefon qilishadi?
Operator: Eng qisqa muddatda aloqaga chiqishadi, kompaniyamiz xizmatlaridan foydalanish istagingiz uchun sizdan minnatdormiz, yana savollari bolsa bemalol aloqaga chiqing.
Agar yo’q desa
Mijoz: Yo’q shart emas.
Operator: Yaxshi! Sababini ayta olasizmi, statistikamizga kiritib qo'yardim.
“Keyin aloqaga chiqaman” ssenariysi
Operator:
— Albatta, tushundim. Sizga qaysi payt qulay?
Mijoz:
— 1 soatdan keyin.
Operator:
— _______ aka, sizga shu paytda qo'ng'iroq qilaman, suhbatni davom ettiramiz, xo'pmi?
“Qimmat ekan” ssenariysi
Operator:
— Tushundim. Biz rostdan ham sifati yuqori materiallar bilan ishlaymiz, shuning uchun narx biroz farq qilishi mumkin.
Lekin bizda har bir byudjet uchun variant bor — masalan, xuddi shunday dizaynni biroz arzonroq materialda yasashimiz ham mumkin.
Sizga ikki xil variant yuboray — biri sifatli, biri byudjetli. Shunda taqqoslab qarasangiz bo‘ladi.
Shunday qilaymi?
“Maslahatlashib ko‘raman” ssenariysi
Operator:
— Juda yaxshi, bemalol maslahatlashib olishingiz mumkin, fikrizni bilish uchun qachon qayta qo'ng'iroq qilay?
“Hali boshqa joylarning narxini ham bilay” ssenariysi
Mijoz:
Hali boshqa joylarning narxini ham bilay.
Operator:
Siz bemalol narxlar bilan tanishib chiqishingiz mumkin, sizga qachon qayta qo'ng'iroq qilsam bo'ladi?
“Sizlarda biroz qimmatroq ekan” ssenariysi
Mijoz:
Sizlarda biroz qimmatroq ekan.
Operator:
Bo'lishi mumkin, buning sababi bizda mebellar uchun ishlatiladigan homashyo va aksesuarlar hisobiga narx boshqa yerdagilardan farq qilishi tabiiy
“Sizlarda qancha muddatda tayyor bo‘ladi?” ssenariysi
Mijoz:
Sizlarda qancha muddatda tayyor bo‘ladi?
Operator:
Odatda bizda ishlab chiqarish 3–15 kun ichida tugatiladi, lekin bu dizayn va o‘lchamga qarab o‘zgaradi.
Shu vaqt ichida hamma jarayon — dizayn, ishlab chiqarish, yetkazish, yig‘ish — barchasi bizning nazoratimizda bo‘ladi.
“Men hali o‘ylab ko‘raman” ssenariysi
Mijoz:
Men hali o‘ylab ko‘raman.
Operator:
Albatta, Qaysi vaqt qayta qo'ng'iroq qilib fikringizni bilsam bo'ladi?
Mijoz: Ertaga.
Operator: ________aka/opa sizga unda ertaga qayta qo'ng'iroq qilaman.
“Sizlarda kafolat bormi?” ssenariysi
Mijoz:
Sizlarda kafolat bormi?
Operator:
Albatta. Biz har bir buyurtma uchun materialiga qarab 3 yildan 10 yilgacha kafolat beramiz.
Bu narsani ko‘p joylar aytmaydi, lekin biz yozma kafolat beramiz.
“Qachon zamerchi keladi?” ssenariysi
Mijoz:
Qachon zamerchi keladi?
Operator:
Sizga qaysi vaqt qulay, zamerchilar shu vaqtga borishadi.
“Qachon tayyor bo‘ladi?” ssenariysi
Mijoz:
Qachon tayyor bo‘ladi?
Operator:
Siz tanlagan material bizning omborda mavjud bolsa 3-4 kunda agar mavjud bolmasa uni olib kelib jarayon tugaguncha 6-7 kun o'tadi o'rtacha. Keyin tayyor proektingiz usta tomonidan olib borib o'rnatiladi.
“Menga keyinroq kerak bo‘ladi” ssenariysi
Mijoz:
Menga hali biroz keyinroq kerak bo‘ladi.
Operator:
Oldindan qiziqish bildiryotganingiz uchun sizga rahmat.
Qaysi paytga kerak bo'ladi? O'sha vaqtda sizga qayta aloqaga chiqaman?
Keyingi kuzatuv (follow-up) skripti
Operator: Salom, men __________, Mebel citydan. O‘tgan safar sizga mebel variantlarini yuborgandik. Rasmlar yoqdimi?
Mijoz: Ha, yoqdi.
Operator: Zo‘r! Agar siz hozircha o‘ylab turgan bo‘lsangiz, muammo yo‘q. Bizda bepul o‘lchov xizmati bor.
Xohlaysizmi, mutaxassisimiz bepul o‘lchov uchun boradi?
Mijoz: Mayli.
Operator: Yaxshi! Unda uy manzilingizni yozib olaman va zamerchimizni sizga yo’naltiraman. Qaysi kun, qaysi payt qulay?
Mijoz: ____ kuni ___ vaqtda kelaversin.
Operator: Rahmat _______aka/opa! Sizga o’zlari qo’ng’iroq qilishadi borishganda. Hayr, salomat bo’ling!