Skip to Content

HR telefon suhbat ssenariylari

 E’lonni ko‘rib birinchi marta qo‘ng‘iroq qilgan nomzod

Nomzod: Salom, e’lonni ko‘rdim, ish bo‘yicha qo‘ng‘iroq qilyapman.

HR: Assalomu alaykum! Juda yaxshi, Ismingizni bilib olsam bo‘ladimi? (Ismini aytgandan keyin) Qisqacha o‘zingiz haqingizda aytingchi — ishsizmisiz yoki ishlayotgan joyingiz bormi?

HR: Ajoyib! Demak siz bizga mos bo‘lishingiz mumkin. Sizni intervyuga taklif qilsak, ertangi 10:00 sizga qulaymi?

Nomzod ish tavsifini so‘raydi

Nomzod: Ishning o‘zi nimalardan iborat?

HR: Lavozim — bu mijozlar bilan muloqot qilish va buyurtmalarni qabul qilishdan iborat. Ish jarayonida sizga o‘rgatamiz, doimiy rahbar yordam beradi. Biz uchun eng muhimi — mas’uliyat va muloqot madaniyati.

Yakun: Agar sizga qiziq bo‘lsa, intervyuga chaqiray — barcha tafsilotlarni joyida ko‘rib chiqamiz.

Nomzod maosh haqida so‘raydi

Nomzod: Maoshi qancha?

HR: Bu lavozimda o‘rtacha oylik 4 dan 6 million so‘mgacha, lekin u ish natijangizga qarab oshadi. Bizda bonus tizimi bor — faol xodimlar bajargan qo'shimcha ishlari uchun pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Yakun: Siz natijaga yo‘naltirilgan ishlasangiz, bu ish sizga juda mos tushadi.

Tajribasiz, lekin qiziqayotgan nomzod

Nomzod: Tajriba yo‘q, lekin o‘rganishga tayyorman.

HR: Bu juda yaxshi! Biz yangi boshlovchilarni 1 oy pul to'lab o'qitamiz. Biz uchun eng muhimi — o‘rganish istagi.

Yakun: Agar sizda motivatsiya bo‘lsa, biz sizni o‘qitamiz. Bugun yoki ertaga suhbatga kela olasizmi?

Tajribali, lekin ikkilanayotgan nomzod

Nomzod: Men ilgari bu sohaga yaqin joyda ishlaganman, lekin hozir aniqlashtiryapman.

HR: Demak sizda tajriba bor — bu yaxshi. Bizda shunday mutaxassislar uchun o‘sish imkoniyatlari ko‘p: rahbarlik, mukofot, o‘quv kurslari. Sizni shunchaki tanishuv suhbatiga taklif qilay, mosligini birga bilib olamiz.

Yakun: Intervyu 20-30 daqiqa davom etadi, sizga mos vaqtni tanlab olamiz. Bugun yoki ertaga qulaymi?

Nomzod faqat onlayn ish so‘raydi

Nomzod: Faqat uydan ishlash imkoniyati bormi?

HR: Hozircha bu lavozim ofisda ishlash uchun mo‘ljallangan. Lekin bizda ayrim loyihalarda masofadan ishlash imkoniyatlari paydo bo‘ladi — sizning ma’lumotingizni bazaga kiritib qo‘yaman. Vaqti bilan sizga o'zim  qayta aloqaga chiqaman.

Yakun: Kelajakda online lavozimlar chiqqanda birinchi sizga qo‘ng‘iroq qilamiz.

Nomzod ish joyi uzoq deb hisoblaydi

Nomzod: Manzil menga biroz uzoq ekan.

HR: Ha, tushundim. Bizda yotoqxona ham bor. Bemalol yashab ishlash imkoni bor. 3 mahal ovqat ham beriladi. Agar sizga maqul kelsa suhbatga kelsangiz batafsil gaplashamiz.

Nomzod hozir ishda, lekin yangi imkoniyat izlayapti

Nomzod: Hozir ishlayapman, lekin yangi variant qidiryapman.

HR: Tushundim. Nega hozirgi ishingizdan ketmoqchisiz?

Yakun: Siz uchun qulay tarzda intervyu tashkil qilamiz. Qachon kela olasiz intervyuga?

Nomzod intervyuga kelishni tasdiqlaydi

Nomzod: Ha, intervyuga kelaman.

HR: Juda yaxshi! Unda sizni [kun, soat, manzil]da kutamiz. Manzilni SMS orqali yuboraman, siz kelganingizda “HR bo‘lim”ni so‘raysiz. Siz bilan tanishishdan xursand bo‘lamiz!

Yakun: Intervyuda sizni barcha ma'lumotlar bilan tanishtiraman.

Nomzod “keyinroq qo‘ng‘iroq qilaman” deydi

Nomzod: Hozir emas, keyinroq qo‘ng‘iroq qilaman.

HR: Tushundim 😊 Agar hohlasangiz, siz uchun ism-sharifingizni yozib qo‘yaman, keyin o‘zim eslatma sifatida qo‘ng‘iroq qilaman. Sizga qaysi vaqt qulay — ertangi tushlikdan keyinmi yoki kechqurun?

Yakun: Shunday qilib, siz bilan aloqada qolamiz va imkoniyatni yo‘qotmaymiz.