Skip to Content

Muammolar bilan ishlash bo'limi skriptlari 

Mijoz mahsulotdan norozi (sifat yoqmadi)

Mijoz: Sizlardan olgan mebelim sifatsiz chiqdi, eshiklari to‘g‘ri yopilmayapti.

Xodim: Tushundim, bunday holat bo'lgani uchun uzur so'raymiz 🙏. Iltimos, o‘lchov va o‘rnatish sanasini eslab bera olasizmi? Shunda buyurtmangizni tizimdan tekshiraman.

Mijoz: Ha, o‘tgan hafta olib ketishgandi.

Xodim: Rahmat. Biz usta bilan bog‘lanib, ertaga sizga bepul tekshiruv va tuzatish xizmatini yuboramiz. Sizga ertalab 10:00 da qulaymi?

Mijoz: Ha, bo‘ladi.

Xodim: Juda yaxshi. Sizning fikringiz biz uchun muhim. Ko'nglingiz to'q bo‘lsin, bu safar hammasini joyiga qo‘yamiz 💪

Buyurtma kechikdi

Mijoz: Buyurtmam 3 kun bo‘ldi kechikayapti, nima bo‘lyapti?

Xodim: To‘liq tushundim, sizga noqulaylik bo‘lganidan kechirasiz 🙏. Buyurtmangizni tekshirib olay... Ha, sizniki (buyurtma nomi) yetkazib beruvchi tomonidan biroz kechiktirilgan.

Mijoz: Unda qachon tayyor bo‘ladi?

Xodim: Ertaga ____ vaqtda tayyor bo‘ladi. 

Mijoz: Aha.

Xodim: Ko'nglingiz to'q bo'lsin, hurmatli mijoz! 

Mijoz xizmatdan norozi (usta xatti-harakati)

Mijoz: Sizning ustalaringizdan biri qo‘pol gapirdi.

Xodim: Sizni tushundim, bu holat uchun chin dildan uzr so‘raymiz 🙏. Biz uchun mijoz bilan madaniyatli muomala birinchi o‘rinda.

Mijoz: Ha, yoqimsiz bo‘ldi.

Xodim: Bu holat albatta nazoratga olinadi, ustamiz bilan tegishli chora ko'riladi, istasangiz sizga jarayonni davom ettirish uchun boshqa usta yuboramiz.

Mijoz: Ha, bo‘ladi.

Xodim: Juda yaxshi, unda yangi usta ertaga soat 11:00 da yetib boradi.

Mijoz nosoz detalni almashtirmoqchi

Mijoz: Mebelimning bir detali sinib ketdi, almashtirib bera olasizlarmi?

Xodim: Albatta,sizga kerak bo'lgan qismning o'lchami va material turini aniqlab yuboring, ustalarimiz sizga uni yasash va o'rnatish ishlariga yordam berishadi. Sizga tez orada ustamiz aloqaga chiqadi.

Mijoz:yaxshi.

Mijoz kompensatsiya yoki chegirma so‘raydi

Mijoz: Kechikish uchun chegirma bering.

Xodim: Sizni to‘liq tushundim 🙏, bu holat bizda kamdan-kam bo‘ladi, lekin albatta sizning ishonchingizni qadrlaymiz. Sizga 3% chegirma yoki keyingi xaridda bonus berishimiz mumkin. Qaysi biri siz uchun qulayroq?

Mijoz: Keyingi safar uchun bo‘lsin. (3% chegirma beraqoling)

Xodim: Juda yaxshi, sizga “sodiq mijoz” ro‘yxatida bonus qo‘shamiz. (JUda yaxshi, sizga usta haqqidan 3% lik chegirma beramiz.)

Mijoz so‘kinadi yoki hissiyot bilan gapiradi

Mijoz: Sizlarda ishlashni bilishmaydi!

Xodim: Tushundim, sizni xafa qilganimizdan afsusdamiz 🙏. Keling, muammoni birgalikda hal qilaylik. Aynan qaysi joyda xato bo‘lganini ayta olasizmi?

Mijoz: Yetkazishda xato bo‘ldi.

Xodim: Rahmat, tushundim. Bu masalani hoziroq hal qilamiz. Sizga 1 soat ichida qayta yetkazib berishni yo‘lga qo‘yay, bo‘ladimi?

Mijoz: Bo‘ladi.

Xodim: Juda yaxshi, men shaxsan nazorat qilaman.

Mijoz shunchaki norozilik bildiradi (“qoniqmadim”)

Mijoz: Sizlarning xizmatlaringizdan unchalik qoniqmadim.

Xodim: Sizning fikringiz biz uchun juda muhim 🙏. Iltimos, aynan nimalar yoqmaganini ayting, biz ichki jarayonni yaxshilaymiz.

Mijoz: Ishni kech boshlashdi.

Xodim: Tushundim. Bu holatni rahbariyatga yetkazaman. Ko'nglingiz to'q bo'lsin, bu kamchiliklar ustida albatta ishlaymiz.

Mijoz: Mayli.

Xodim: Rahmat, sizning fikringiz biz uchun katta ahamiyatga ega. Kamchiliklarni aytib turgan odamni bizga do'st deb bilamiz.