Mijoz to‘liq mamnun
Xodim: Assalomu alaykum! Siz bilan Mebel city kompaniyasidan sifat nazorati bo‘limi bog‘lanmoqda. Yaqinda bizdan mebel yasatgan edingiz, ish sifatidan qanchalik mamnunsiz?
Mijoz: Juda mamnunman, hammasi a’lo.
Xodim: Juda ajoyib! Bizni qayerdan eshitgan edingiz — Instagram, tanishlar yoki reklama orqali?
Mijoz: Instagram orqali topganman.
Xodim: Rahmat. Shunday sifatli mebel kerak bo‘lgan tanishlaringizga bizni tavsiya qilasizmi?
Mijoz: Albatta.
Xodim: Rahmat, sizning ishonchingiz biz uchun katta mukofot 💛.
Mijoz betaraf
Xodim: Assalomu alaykum, men “Mebel city” kompaniyasidanman. Yaqinda sizga mebel tayyorlab bergan edik. Ish sifatidan qoniqdingizmi?
Mijoz: Yaxshi, lekin ayrim joylari uncha emas.
Xodim: Tushundim, rahmat. Aynan qaysi jihatlar sizga yoqmadi?
Mijoz: O‘rnatish biroz kech bo‘ldi.
Xodim: Fikr uchun rahmat, biz bu jihatni albatta yaxshilaymiz. Umuman olganda, mebel sifati siz kutgandek chiqdi deb ayta olasizmi?
Mijoz: Ha, sifatli.
Xodim: Juda yaxshi. Sizga keyingi buyurtmalarda ustuvor xizmat ko‘rsatamiz. Siz aytgan kamchiliklar albatta to'g'irlanadi.
Mijoz norozi (lekin ochiq tanqidiy)
Xodim: Assalomu alaykum, sizga yaqinda mebel tayyorlab bergan edik. Ish sifatidan qanchalik mamnunsiz?
Mijoz: Rostini aytsam, uncha yoqmadi.
Xodim: Tushundim 🙏. Iltimos, ochiq ayting — aynan nimalar sizni norozi qildi?
Mijoz: O‘lchovda xatolik bo‘lgan.
Xodim: Tushunarli. Bu ma’lumot biz uchun juda muhim. Agar ruxsat bersangiz, bizning muammolar bo‘limi siz bilan bog‘lanib, buni hal qiladi.
Mijoz: Mayli.
Xodim: Rahmat. Sizning fikringiz kompaniya rivoji uchun juda qimmatli 💪
Mijoz xizmatdan qoniqmagan
Xodim: Assalomu alaykum, men “Mebel city” kompaniyasidanman. Ishimizdan qoniqdingizmi?
Mijoz: Yo‘q, umuman yoqmadi.
Xodim: Tushundim, sizni tinglash biz uchun muhim. Nimalar aynan yoqmadi?
Mijoz: Usta kech keldi, sifati ham pastroq.
Xodim: Afsusdamiz 🙏. Bu holatni rahbariyatga yetkazamiz, va agar ruxsat bersangiz, usta sizga bog'lanadi va bepul qayta tekshiruv xizmatini ko'rsatadi.
Mijoz: Mayli, ko‘ramiz.
Xodim: Rahmat. Sizni mamnun qilish biz uchun muhim.
Mijoz faqat rahmat aytadi
Xodim: Assalomu alaykum, ishimizdan mamnun bo‘lganingizni eshitib juda xursandmiz. Qaysi jihatlar sizga yoqdi?
Mijoz: Ustalar tez ishladi, dizayn ham chiroyli.
Xodim: Juda yaxshi, rahmat.
Mijoz: Balki oshxona uchun yana buyurtma beraman.
Xodim: Juda zo‘r! Biz sizni albatta eslab qolamiz 😊
Mijozdan “Bizni qayerdan bildi?” savoli uchun
Xodim: Sizga bir savol bersam: bizni qayerdan eshitgan edingiz?
Mijoz: Instagramda reklama chiqdi.
Xodim: Reklamada aynan nima sizni undadi bizdan mebel yasatishga?
Mijoz: .........
Xodim: Rahmat. Bu ma’lumot biz uchun muhim, chunki shunday reklama orqali yanada ko‘p odamlar biz haqimizda bilishadi.
Mijoz tavsiya qilmoqchi
Xodim: Ishimiz sizga yoqqanidan xursandmiz! Siz atrofdagilarga bizni tavsiya qilasizmi?
Mijoz: Ha, allaqachon aytganman.
Xodim: Rahmat katta! Muncha yaxshi! Sizni sevimli mijozlar ro‘yxatiga qo‘shaman.